Prezident farmoni bilan 1 maydan boshlab pensiya va nafaqalar 12%ga oshiriladi. Shuningdek, zarur ish stajiga ega bo‘lmagan hamda boquvchisini yo‘qotganlar uchun oylik nafaqa miqdori 500 ming so‘m etib belgilandi.
Qonunchilikka kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, endi o‘quvchilar va talabalar o‘qishi davomida 23 yoshgacha boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasini olishi mumkin (ilgari 18 yoshgacha bo‘lgan). Qolaversa, bolani parvarishlash ta’tilining ish stajiga qo‘shiladigan davri 6 yil etib belgilandi (ilgari 3 yil edi).
Prezident qarori bilan joriy yilda «Temir daftar» ga kiritilganlar, 18 yoshga to‘lmagan farzandi bor boquvchisini yo‘qotganlar pensiyasini oluvchi oilalar hamda 18 yoshgacha bolalar uchun nogironlik nafaqasini oluvchilarga bir martalik 800 ming so‘m miqdorida moddiy yordam beriladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting